Andijon viloyati xorijga 7,1 ming tonnadan ziyod qovunni 2,8 million dollarga sotdi
Joriy yilning 1 sentyabr holatiga O‘zbekiston qiymati 14,7 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 38,5 ming tonna qovun eksport qilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatimizda yetishtirilgan qovunlar 16 ta xorijiy davlatlar bozorlariga yetkazib berilgan. Mazkur davlatlar orasida Qozog‘iston (13,1), Qirg‘iz Respublikasi (12,4) va Rossiya Federasiyasi 5,0 ming tonna ko‘rsatkich bilan yuqori ulushga ega.
Qayd etish joiz, bu yil Niderlandiya, Moldova, Chexiya va Gruziya davlatlariga birinchi bor qovun eksport qilingan.
Ma’lumot o‘rnida, eksport qilingan mazkur qovun mahsulotining eng ko‘p ulushi Jizzax (7,6 ming tonna), Andijon (7,1 ming tonna), Farg‘ona (5,1 ming tonna), Namangan (4,6 ming tonna) va Sirdaryo (4,0 ming tonna ) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring