“Vaziyat juda xavotirli...” JSST yana bir epidemiya xavfidan ogohlantirmoqda
Yevropada sil kasalligiga chalinganlar sonining tobora koʻpayib borayotganini xavotir ila kuzatib kelayotgan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yil oxiriga qadar yuzaga kelishi mumkin boʻlgan epidemiyani istisno etmayapti.
Bu haqda JSSTning Rossiyadagi vakili Melita Vuynovich koronavirus pandemiyasining sil kasalligi bilan bogʻliq epidemik vaziyatga taʼsiriga bagʻishlangan onlayn matbuot anjumanida aytib oʻtdi.
“Yil oxiriga kelib xastalikka chalinganlar sonining koʻpayishi hamda epidemiya yuzaga kelishi mumkinligidan juda qoʻrqmoqdamiz. Ayni damda buning oldini olish zarur. Zero, bu biz uchun juda muhimdir”, deydi Vuynovich.
Epidemiyaning oldini olish uchun Yevropa davlatlari ushbu chaqiriqqa nafaqat sogʻliqni saqlash tizimi , balki siyosiy darajada ham harakat qilish zarurligini taʼkidlagan Vuynovichga koʻra, joriy yilning olti oyida Yevropada sil kasalligi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan kamroq aniqlangan. Ammo bu bemorlar kam degani emas, vaholanki, diagnostika tizimi koronavirus pandemiyasi sabab allaqachon holdan toygan.
JSST vakilining izohlashicha, agar 15 foiz holatlarda sil kasalligini aniqlashning iloji boʻlmasa, keyinchalik bemorlarning koʻpayishi 30 foizni tashkil qilishi mumkin.
“Vaziyat juda xavotirli, bu haqda hammaga aytish kerak”, — deydi Vuynovich.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring