Taʼlim kreditlarini ajratish borasidagi holat qanday? — hukumatga shu boʻyicha parlament soʻrovi yuborildi
Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun ana shulardan biri boʻlib, yosh avlod huquq va manfaatlarini taʼminlashga xizmat qilayotir. Binobarin, mazkur hujjatning 23-moddasida taʼlim muassasalarida oʻqish uchun imtiyozli kreditlar berish yoshlar uchun belgilangan kafolatlardan biri sifatida nazarda tutilgan.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2020-yil 15-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi majlisida deputatlar ushbu masalani koʻtarib chiqishdi.
Uning dolzarbligi shundaki, Prezidentimizning 2019-yil 12-dekabrdagi Farmoni bilan tegishli Nizomga oʻzgartirishlar kiritilib, unda tijorat banklari tomonidan 2020-yil 1-yanvardan boshlab talaba krediti foiz xarajatlarining bir qismini “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor foiz stavkalarida ajratilishi belgilandi.
Biroq taʼlim krediti foiz xarajatlarining bir qismini mazkur jamgʻarma mablagʻlari hisobidan kompensatsiya qilish mexanizmining huquqiy asoslari hanuzgacha ishlab chiqilmagan.
Bundan tashqari, mamlakatimiz rahbarining 2020-yil 30-iyundagi “Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan isloh qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida 2021-yil 1-yanvardan eʼtiboran “Yoshlar — kelajagimiz” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish, ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berish tartibi bekor qilinishi koʻzda tutilgan. Deputatlarning qayd etishicha, bu holat kelgusida “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonunning 23-moddasida belgilangan kafolat — taʼlim muassasalarida oʻqish uchun imtiyozli kreditlar berishning amalda taʼminlanmasligiga olib kelishi mumkin.
Qolaversa, bugungi pandemiya sharoitida toʻlov-kontrakt asosida oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 276 967 nafar talaba (jami talabalarning
76 foizi) va joriy yilda 85 030 nafar talabaning oʻqishga qabul qilinishi (jami kvotaning 74,6 foizi) taʼlim kreditlariga boʻlgan talabning ortishiga olib kelishi kutilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B. Musayevga “Yoshlarning taʼlim olishi uchun yana-da keng imkoniyatlar yaratish maqsadida oliy oʻquv yurtlari talabalariga taʼlim kreditlarini ajratish borasidagi ishlar toʻgʻrisida” Oliy Majlis Qonunchilik palatasining parlament soʻrovini yuborish haqida qaror qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring