Bugun «Qoʻngʻirot — Nukus — Qoʻngʻirot» yoʻnalishida yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi
Bugundan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasida «Qoʻngʻirot — Nukus —Qoʻngʻirot» yoʻnalishi boʻyicha shaharlararo yoʻlovchi poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyildi.
— Aslida, bu yoʻnalish boʻyicha karantin cheklovlaridan oldin ham poyezdlar qatnovi boʻlmagan, — deydi Nukus temir yoʻl vokzali boshligʻining navbatchi yordamchisi Gulzira Jametova. — Xalqimizga xavfsiz va sifatli transport xizmatini koʻrsatish maqsadida tashkil qilingan yoʻlovchi poyezdlari manzilga borguncha 7 ta bekatda toʻxtab oʻtadi. Bu Nukus shahri bilan birga Taxiatosh, Xoʻjayli, Qonlikoʻl, Shumanay va Qoʻngʻirot tumanlaridagi yoʻlovchilarning oʻz manzillariga har kuni belgilangan vaqtlarda yetib olish imkonini beradi. Shu bilan birga aholining moddiy sharoitini hisobga olgan holda bilet narxlari ham ancha arzon. Masalan, Nukusdan Qoʻngʻirotga 7 200 soʻm qilib belgilangan. Hozirgina Nukusdan Qoʻngʻirotga dastlabki poyezdni joʻnatdik. Bu sharoitlardan, ayniqsa bilet narxining arzonligidan yoʻlovchilar juda mamnun boʻlmoqda.

Shu oʻrinda yoʻlovchilarga maʼlumot tariqasida aytib oʻtsak: Yoʻlovchi poyezdlari har kuni Qoʻngʻirotdan 6:10 va 14:18 da Nukusga harakatni boshlasa, Nukusdan 11:00 va 18:40 da Qoʻngʻirot tomon harakatlanadi.
Karantin cheklovlari sababli toʻxtatilgan poyezdlarning qayta harakatlanishida sanitariya gigiyena qoidalariga amal qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar antiseptik va himoya vositalari bilan taʼminlangan. Kirish chiqish yoʻlaklariga dezinfeksiya kabinalari oʻrnatilgan. Oʻz navbatida yoʻlovchilardan poyezdlarga chiqishda vokzal hududida hamda yoʻl davomida vagon ichida sanitariya gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qatʼiy rioya qilishlari soʻralmoqda.
Gʻ.OTAJONOV
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- Loyihaoldi va xarid hujjatlarini kompleks ekspertiza qilish tizimi samaradorligi oshiriladi
- “Oʻzgidromet” shoshilinch ogohlantirish eʼlon qildi
- Togʻ-kon sanoatidagi yirik investitsiya loyihalarini jadallashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring