74 ta tashkilot xodimlariga OTMga kirish uchun tavsiyanoma berishi mumkin
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni 2020/2021 oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalarining sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etish huquqiga ega boʻlgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalarining roʻyxati tasdiqlandi.
Bunda:
talabgorlar bilan suhbat oʻtkazish va talabalikka qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasining 2019-yil 4-iyuldagi 1-son bayoni qarorining 20-ilovasiga muvofiq tasdiqlangan Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakllariga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi;
roʻyxatda qayd etilgan vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari 2020/2021 oʻquv yili uchun 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkinligi qatʼiyan belgilab qoʻyildi;
vazirlik, idora yoki yirik hoʻjalik birlashmasi tizimida asosiy ish joyi sifatida besh yildan kam boʻlmagan muddatda faoliyat yuritayotgan xodimlarga (texnik xodimlar mundan mustasno) ushbu vazirlik, idora yoki yirik xoʻjalik birlashmasining asosiy faoliyatidan kelib chiqib, tavsiyanoma berish shaxsan birinchi rahbar tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyildi;
suhbat natijalariga koʻra sirtqi va kechki taʼlim shakliga oʻqishga tavsiya etilgan talabgorning oʻqishi (sirtqi taʼlim shakli uchun 5 yil, kechki taʼlim shakli uchun 4 yil) uchun toʻlov-shartnoma mablagʻlari ishlab turgan muayyan tashkilot (vazirlik, idora, yirik xoʻjalik birlashmasi) tomonidan belgilangan muddatlarda toʻlab berilishi lozim.



Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring