Oʻzbekiston aholisining necha foizi toʻyib ovqatlanmasligi ochiqlandi
Toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi reytingida Oʻzbekiston maʼlumotlari ijobiy tomonga oʻzgardi. Bu haqda Statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Oʻzbekistonda “Toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi” koʻrsatkichlari qayta koʻrib chiqildi. Bunga sabab, 2019-yilning 10-12-dekabr kunlari Toshkent shahrida FAO ekspertlari bilan oʻtkazilgan seminarda Davlat statistika qoʻmitasi mutaxassislari Oʻzbekistonning koʻrsatkichlari boʻyicha eʼtiroz bildirib, FAO eksperti Dorian Kalamveros Navarro bilan bahs-munozara olib borgan edi.
Natijada FAO mutaxassislari Davlat statistika qoʻmitasi vakillarining keltirgan aniq isbot-dalillariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi” koʻrsatkichini 2014-yildan boshlab, New Food Balance Sheet asosida qayta koʻrib chiqdi. Qayta hisoblash natijasida koʻrsatkichlar 2016-2018-yillar uchun 2,8 foiz (0,9 mln. kishi) va 2017-2019-yillar uchun 2,6 foiz (0,8 mln. kishi) ni tashkil etdi.
Bu maʼlumotlar 2020-yilning 13-iyul kuni boʻlib oʻtgan “Jahondagi oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish holati 2020” (SOFI – 2020) hisoboti onlayn yigʻilishida hamda FAO rasmiy sayti orqali eʼlon qilindi.
Eslatib oʻtamiz, FAO ekspertlari 2019-yilgi (SOFI – 2019) yigʻilishida Oʻzbekistonning 2016-2018-yillarda toʻyib ovqatlanmaydiganlar ulushi koʻrsatkichlarini 6,3 foiz (2,0 mln. kishi) deb eʼlon qilgan edi. Bu koʻrsatkich bilan Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Qozogʻiston (2,1 foiz) va Turkmaniston (5,4 foiz) dan keyin uchinchi oʻrinni egallagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring