“Izohli lugʻat”ning yangi tahriri nashr etildi va u yangi soʻzlar bilan boyitildi

13:44 05 Iyul 2020 Jamiyat
5424 0

OʻzR Fanlar Akademiyasi axborot xizmatining maʼlum qilinishicha, joriy yilda “Oʻzbek tilining izohli lugʻati”ning yangi tahriri 3 ming nusxada qayta nashr etildi.

Qayd etish joiz, OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori institutining (oldingi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti) bir guruh lugʻatshunoslari tomonidan 2006 – 2008-yillarda 5 jildli “Oʻzbek tilining izohli lugʻati” yaratilgan va nashr etilgan edi.

Ushbu lugʻatga 80 mingga yaqin oʻzbek adabiy tilida keng isteʼmolda boʻlgan soʻz va soʻz birikmalari, fan, sanʼat, madaniyat va texnika sohalariga oid terminlar, shevalarda qoʻllanadigan soʻzlar, tarixiy atamalar jamlangan.

Maʼlum qilinishicha, lugʻatning yangi tahririda jamiyatda yuz bergan oʻzgarishlar natijasida isteʼmolga kirib kelgan yuzlab yangi soʻz va atamalar kiritilgan.

Masalan, broker, depozit, diler, konsalting, lizing, menejer, menejment, monitoring, nou-xau, sanatsiya, xolding, displey, internet, monitor, printer, sayt, skaner, fayl singari bir qancha yangi soʻzlar shular jumlasiga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?