Oʻzbekistonda iyun oyida narx-navo 0,2 foizga pasaydi
2020-yilning iyun oyida mamlakatimizda isteʼmol narxlari va tariflari darajasi oy davomida oʻrtacha 0,2 foizga pasaydi.
Meva va sabzavot narxlarining oʻzgarishini hisobga olmaganda, ushbu koʻrsatkich darajasi 0,5 foizni tashkil etgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilning yanvar-iyun oylari davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 4,6 foizga koʻtarildi.
Yillik davrda esa (2019-yilning iyuniga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 14,2 foizni tashkil etdi.
2020-yilning iyun oyida yillik umumiy INI (isteʼmol narxlari indeksi) oʻtgan oyning shu koʻrsatkichiga nisbatan 0,2 punktga oshdi (14,0 foizdan 14,2 foizgacha). Shu bilan birga, oʻtgan yilning iyun oyiga nisbatan 2020-yilning iyun oyidagi natija 2019-yilning iyun oyidagi koʻrsatkichga nisbatan 0,6 punktga baland boʻldi (14,2 foizga qarshi 13,6 foiz).
Bozorlarning yangi meva-sabzavot mahsulotlari hosili bilan toʻyinganligi sababli ushbu tovarlar guruhi umumiy narxlarining pasayishiga olib kelib, natijada joriy yilning iyun oyida oziq-ovqat mahsulotlarining isteʼmol narxlari indeksi 98,8 foizni tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring