Sirdaryodan xushnud xabar: viloyat gʻalla rejasini bajardi
“Xalq soʻzi Online”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. Bu yilgi murakkab va qiyin vaziyat, ayniqsa sirdaryoliklar uchun sinovli kunlar boʻlishiga qaramasdan Mirza vohasi dehqonlari gʻalla tayyorlash rejasini muvaffaqiyatli bajardilar. Belgilangan marra hamjihatlik bilan aniq tartibli ish tizimi yoʻlga qoʻyilgani hisobiga juda qisqa muddat - 17 ish kunida egallandi.
Bu mehnat zafarida Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan shart-sharoitlar, jumladan, qatʼiy tizim asosida moddiy resurslarni, yaʼni mineral oʻgʻitlar, yoqilgʻi moylash materiallari va talab etiladigan mablagʻlarni toʻliqligicha oʻz vaqtida yetkazib berilganligi, shuningdek, xarid narxlarining gʻalla hosildorligiga qarab toʻlanishi hamda Xorazm viloyatidan oʻrim kombaynlari yordamga yuborilganligi muhim omil boʻldi.
Viloyat boʻyicha 85 ming gektar maydonda moʻl gʻalla hosili yetishtirildi. Viloyat boʻyicha 178255 tonna sara don yetishtirilib, davlat shartnomaviy rejasi 100,2 foizga bajarildi. Hosildorlik oʻrtacha 58 sentnerni tashkil etdi.
Suv toshqinidan talafot koʻrgan hudud boʻlishiga qaramasdan Mirzaobod tumani davlatga don sotish boʻyicha shartnomaviy rejani respublikada birinchi boʻlib bajarganligi alohida tahsinga sazovordir.Shuningdek, bu borada Sardoba, Xovos va Boyovut tumanlarining mirishkor dehqonlari ham viloyatda birinchilardan boʻlib shartnomaviy rejalarini bajardilar.
Boyovut tumanidagi «Mullo Holiqul bobo», “Mirishkor nafosat gulshani” fermer xoʻjaliklari hosildorlikni 85 sentnerga yetkazib, rejani 125 foizga uddaladi.
Sirdaryo tumanidagi “Doston farovon baraka”, “Nurli quyoshli yurt” Sayxunobod tumanidagi “Qurama”, “Begali” fermer xoʻjaliklari gektariga oʻrtacha 70-75 sentnerdan hosil oldilar va ular davlatimiz tomonidan qishloq xoʻjaligiga yaratib berilayotgan imkoniyatdan toʻgʻri foydalanilsa yuqori natijaga erishish mumkinligini amalda isbotlab berdilar.
Kamol Alibekov, Avazbek Mirzayev, Narzulla Elmuradov, Baxtiyor Mardiyev singari kombayn operatorlari kuniga 100-120 tonnadan gʻalla donini oʻrib-yigʻib olib, davlat shartnoma rejasining bajarilishiga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshdilar.
Oʻrim-yigʻim jadal davom etmoqda. Viloyat gʻallakorlari hosildorlikni 65 sentnerga yetkazishni maqsad qilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkent viloyatida Abdulla Oripov uy-muzeyi ochildi
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Fargʻonada Navroʻz: tinch-osoyishta hayot zavqi, dorilamon kunlar shukronasi...
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring