Qirgʻizistonda 9 nafar shifokor koronavirus yuqtirdi, bir nafari vafot etdi

14:04 03 May 2020 Dunyo
1019 0

Arxiv surat

Kecha, 2-may kuni Bishkekdagi 3-sonli shifoxona rahbari Juzum Kokumbayeva koronavirusdan vafot etdi. Mazkur shifoxonada jami 9 nafar shifokor koronavirus yuqtirgan.

Taʼkidlanishicha, 58 yoshli shifokorga pnevmoniya, kasallikning ogʻir shakli va nafas olish yetishmovchiligi tashxisi qoʻyilgan.

Qirgʻiziston Sogʻliqni saqlash vazirligi boshqarma boshligʻi Aynura Akmatovaning maʼlum qilishicha, marhumaning oilasiga 1 million som miqdorida kompensatsiya toʻlanadi.

Eslatib oʻtamiz, Qirgʻizistonda koronavirus bilan bogʻliq 795 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 564 nafari sogʻaygan, 10 nafari esa vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?