Oʻzbekistonda aprel oyida inflyatsiya 1,7 foizni tashkil qildi
Oʻzbekistonda 2020-yil aprel oyida isteʼmol narxlari va tariflarning oy dvomida oʻrtacha oʻsish surʼati 1,7 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar bermoqda.
2020-yilning yanvar—aprel oylarida davomida isteʼmol bozoridagi narxlar va tariflar oʻrtacha 4,5 foizga koʻtarilgan. Yillik davrda esa (2019-yilning apreliga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining oʻrtacha oʻsish surʼati 14,5 foizni tashkil etgan.
Yirik guruhlar kesimidagi narxlarning oʻzgarishiga koʻra, narxlar vat ariflarning oshishi boʻyicha yetakchilik oʻtgan oylardagi kabi oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli boʻldi. Aprel oyida narxlar 3,3 foizga koʻtarilib, nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,7 foizga, xizmatlar esa 0,3 foizga oshgan.
Umumiy hisobda, 2020-yilning dastlabki toʻrt oyi davomida oziq-ovqat mahsulolari narxlari darajasi 7,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 2,4 foiz va xizmatlar 1,8 foizga oshdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring