1 kg. goʻsht 36 ming soʻm yoxud bozorlardagi narx-navolar qanday?

14:19 12 Mart 2020 Jamiyat
3427 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi 2020-yil 10-mart kuni oʻtkazgan kuzatuvi asosida yurtimiz markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari eʼlon qildi. Quyida ana shu mahsulotlar uchun belgilangan eng qimmat va arzon qiymatlar bilan tanishishingiz mumkin.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 36 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”da qayd etilgan (36 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 70 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (70 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 1 200 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da qayd etilgan (1 200 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 1 500 soʻmdan 4 300 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”, Qarshi shahrining “Qarshi dehqon oziq-ovqat bozori”, Samarqand shahrining “Damariq dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori”da (1 500 soʻm) roʻyxatga olindi. Maksimal narxi esa, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da kuzatildi (4 300 soʻm).

Sabzi 700 soʻmdan 4 500 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da (700 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 500 soʻm) kuzatildi.

Tuxum 4 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da qayd etildi (4 000 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 soʻm).

Guruch 3 800 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 3 800 soʻm). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 400 soʻmdan 13 500 soʻmgacha (1 l)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 400 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq shahri dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 13 500 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 500 soʻmdan 6 500 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski joʻva dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da (5 500 soʻm) qayd etildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Termiz shahrining “Termiz shahar dehqon oziq-ovqat bozori”, “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (6 500 soʻm) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?