Bahor asli nimadan boshlanadi?
Bahorni negadir chaqaloqning ilk nimtabassumiga oʻxshataman.Aslida ham shunday emasmi?! Chunki,chaqaloqlik inson umr niholining kurtagi boʻlsa, bahor tabiatning qayta tugʻilishidir. Yana u bolalik orzusi, samolarga oshiqayotgan varrakning parvozi, nuroniy keksalarimiz dili va tilidagi shukronalik, eriyotgan muzliklar-u joʻshayotgan ishtiyoqlar nafasi , tabiat va borliqning pok-pokiza yuziga oʻxshaydi.
Xoʻsh... bahor oʻzi qanday boshlanadi ?
Bahor boychechakdan boshlanadi! Boychechak bahor kelganini aytishga shunchalik shoshadiki ,qor tagidan moʻralab , uni yorib chiqib , quyosh tomon oshiqadi va butun olamga koʻklam kelganini jar soladi!Quyosh ham uning jasoratiga qoyil qolib , goh ochiq osmondan, gohida quyuq bulutlar orasidan mehr bilan nurini sochadi.Tez orada qish qilichlari — sumalaklar tomchi-tomchi yosh toʻkadi! Ammo ularning-da hayoti tugamaydi. Shoshqin jilgʻa, soy suvlariga qoʻshilib, toshdan toshga urilib, yashnatuvchilik xizmatiga shoshiladi.Soʻngra bodroqdek bodom gullaridan soʻng birin-ketin oʻrik,olchayu giloslar quvlashib daraxt-gulzorga aylanadi, har biri goʻyoki quvonch koʻzlarini ochadi!
Qaldirgʻoch ovozini koʻklam madhiyasiga qiyoslayman. U bu betakror musiqasini oʻzi qoʻnalgʻa qilgan uyga sevinch-la yetkazadi!
Qalblarni oshiqtiruvchi va yashartiruvchi bahorning iliq , samimiy va xushboʻy yellari borliqni oʻygʻotadi! Maysalar avval erinchoqlik bilan keyin esa gʻayratla boʻy koʻrsata boshlaydi...
... Va yana bir bor ona tabiat yoshlik va goʻzallik deb atalmish eng buyuk suratini chizadi!
Maʼrifat ISKANDAROVA.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring