Bozorlardagi narx-navo: Narxlar oshdimi yoki?..

12:53 28 Fevral 2020 Jamiyat
2362 0

Arxiv surat

Davstatqoʻm mamlakat hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida 2020-yil 25-fevral kuni kuzatuv oʻtkazib, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlarini keltirdi.

Mol goʻshti (suyaksiz goʻshtidan tashqari) 36 000 soʻmdan 57 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg mol goʻshtining (suyaksiz goʻshtidan tashqari) minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”da qayd etilgan (36 000 soʻm). Mol goʻshtining maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (57 000 soʻm).

Qoʻy goʻshti 39 000 soʻmdan 68 000 soʻmgacha (kg)

Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (39 000 soʻm) roʻyxatga olingan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (68 000 soʻm) kuzatildi.

Kartoshka 1 200 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)

Olib borilgan kuzatuv natijalariga koʻra, kartoshkaning minimal narxi Toshkent shahrining “Eski shahar dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori” da qayd etilgan (1 200 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (5 000 soʻm) qayd etildi.

Piyoz 1 500 soʻmdan 4 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga koʻra, piyoz mahsulotining minimal narxi Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”da (1 500 soʻm) kuzatildi.

Maksimal narxi esa Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da va Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozorlari”da kuzatildi (4 000 soʻm).

Sabzi 700 soʻmdan 4 500 soʻmgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da (700 soʻm) qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (4 500 soʻm) kuzatildi.

Tuxum 4 000 soʻmdan 10 000 soʻmgacha (10 dona)

Tuxum mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”da kuzatildi (4 000 soʻm). Maksimal narxi esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da qayd etilgan (10 000 soʻm).

Guruch 3 800 soʻmdan 18 000 soʻmgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga koʻra, Guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”da roʻyxatga olingan (“Nukus” navli guruch 3 800 soʻm). Maksimal narx esa Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 18 000 soʻm).

Oʻsimlik yogʻi 8 000 soʻmdan 13 500 soʻmgacha (1 l)

Oʻsimlik yogʻi mahsulotlari kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Andijon shahrining “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 8 000 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 13 500 soʻm) kuzatildi.

Shakar 5 500 soʻmdan 6 500 soʻmgacha (kg)

Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga koʻra, minimal narxi Navoiy shahrining “Saxovat bozori”, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”, “Mirobod dehqon bozori”, “Eski shahar dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”da (5 500 soʻm) kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori” hamda Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (6 500 soʻm) kuzatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер