9 ta tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarlari lavozimidan ozod etildi
Foto: Davlat soliq qo'mitasi
Davlat soliq qoʻmitasida 2019-yil sarhisobi hamda prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqib, davlat soliq xizmati organlarining 2020-yildagi strategik vazifalariga bagʻishlangan ikki kunlik seminar oʻtkazildi.
Byudjet daromadlarining yuqori boʻlganligi 2019-yildagi ishlarning ijobiy natijasi orasida qayd etildi. Oʻtgan yilda respublikada soliq tushumlari 154 foizga oshdi. Bu borada eng yaxshi natijalarga Navoiy (186%) va Xorazm (165%) viloyatlari erishdi.
Seminar davomida 31 ta davlat soliq inspeksiyasi byudjet tushumlarining maksimal hajmi va yuqori koʻrsatkichlarga erishgani qayd etildi. Ushbu DSIlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Ularni inspeksiya rahbarlari qabul qilib oldi.
Shu bilan birga, 9 ta tuman inspeksiyasi eng past koʻrsatkichlarni qayd etgan va belgilangan vazifalarni bajara olmagan. Bular Sayxunobod, Dehqonobod, Narpay, Xoʻjaobod, Baliqchi, Qumqoʻrgʻon, Gʻuzor, Forish va Romitan tumanlari DSIlari boʻlib, ularning rahbarlari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Tadbirda tayinlovlar ham eʼlon qilindi. Davlat soliq qoʻmitasining markaziy apparati xodimlaridan 7 nafari yangi lavozimlarga tayinlandi. Yana 9 nafar xodim esa hududiy davlat soliq organlarida turli lavozimlarga tayinlandi.
Shuningdek, seminar davomida 2020-yilga moʻljallangan vazifalar belgilab olindi. Joriy yil davomida daromad soligʻi toʻlovchilari sonini 500 mingga koʻpaytirish rejalashtirilgan boʻlib, bunga erishish maqsadida I chorakning oʻzida ularning sonini 150 mingga koʻpaytirish vazifasi qoʻyildi.
Segmentlash va soliq toʻlovchilar bilan maqsadli ishlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish 2020-yilda eʼtibor qaratiladigan eng muhim sohalar ekanligi taʼkidlandi, deyiladi DSQ matbuot xizmati maʼlumotida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring