Andijondan ham senatorlar saylandi

14:57 17 Yanvar 2020 Siyosat
2734 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Andijon shahridagi Yoshlar markazida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlarining qoʻshma majlisi boʻlib oʻtdi.

Qoʻshma majlisning kun tartibiga bitta — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga Andijon viloyatidan vakillar saylash toʻgʻrisidagi masala kiritildi.

Saylov kodeksiga muvofiq, deputatlar yashirin ovoz berish kabinasida Senat aʼzoligiga nomzodlar uchun ovoz berdilar. Ovoz berish natijalariga koʻra, qoʻshma majlisda hozir boʻlgan deputatlarning 50 foizdan koʻp ovozini olgan 6 nafar nomzod viloyatdan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.

Ular:

1. Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqbayevich — Andijon viloyati hokimi.

2. Alimov Ravshanbek Azadbekovich — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi.

3. Gʻaniyeva Matluba Mahamajanovna — Andijon tumani Orol mahalla fuqarolar yigʻini raisi.

4. Iminov Odiljon Karimovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

5. Madumarov Tolibjon Abdumalikovich — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi Senati Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

6. Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich — “Nil-granit” masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?