FVV “Qamchiq” dovoni boʻyicha maʼlumot berdi
Gidrometeorologiya xizmati markazi “Qamchiq” dovoni “Toshkent-Oʻsh” avtoyoʻlining 228-253 km.lari oraligʻida qor koʻchishi xavfi mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumot berildi. Shu bois, joriy yilning 21-dekabr kuni soat 08.00 dan boshlab yoʻlovchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida, Toshkent viloyatining “Chinor” va Namangan viloyatining “Sherobod” postlari tomonidan A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining “Qamchiq” dovonida avtomobil vositalarining harakatlanishi vaqtinchalik toʻxtatildi. Bu haqda FVV maʼlum qildi.
Ayni damda, Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligidan jalb qilingan 45 ta texnika, 200 ga yaqin shaxsiy tarkib tomonidan “Qamchiq” dovonidan oʻtishga ulgurmagan avtotransport haydovchilari va yoʻlovchilar barcha sharoitlar bilan taʼminlangan FVVning 15 ta nazorat kuzatuv postiga, “Qamchiq” otryadiga, qolaversa, Toshkent viloyatining Ohangaron va Angren shaharlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalari (issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari)ga evakuatsiya qilish ishlari tashkillashtirilmoqda.
Transport vositalarining uzluksiz va xavf-xatarsiz harakatini taʼminlash maqsadida, “Qamchiqavtoyoʻl” Ixtisoslashgan yoʻllardan foydalanish unitar korxonasidan 115 ta maxsus muxandislik-texnikasi va 314 nafar shaxsiy tarkib jalb qilinib, yoʻllarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ tomonidan Angren elektrofikatsiyalashtirilgan temir yoʻl orqali qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdi qoʻyilib, Toshkent viloyatining Ohangaron, Angren va Orzu stansiyalaridan aholini evakuatsiya qilish ishlari tashkillashtirildi.
“Ushbu vaziyat oqibatida jabrlanganlar yoʻq va talafatlar aniqlanmadi.
Angen shahri va Pop tumanida boʻlgan haydovchi va yoʻlovchilar diqqatiga! Aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Angren shahrida va Pop tumanidagi mavjud umumovqatlanish shoxobchalarida: issiq ovqat, ichimlik suvi, dam olish joylari tashkil etilgan.
Hurmatli fuqarolar!
“Qamchiq” dovonida ob-havo barqaror boʻlmaguniga qadar dovon orqali vaqtinchalik harakatlanmaslikni tavsiya etamiz“ deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring