Dunyoning yetuk fiziklari Oʻzbekistonda
OʻzR FA Yadro fizikasi instituti respublikamiz va Markaziy Osiyo hududidagi eng yirik ilmiy tekshirish maskani hisoblanadi. Institutning ilmiy boʻlinmalari va tadqiqot yadro reaktori, siklotron, elektron tezlatgichi, gamma qurilmasi va neytron generatori kabi noyob obyektlari bazasida hozirgi zamon fan va texnikasining istiqbolli yoʻnalishlarini qamrab olgan xomashyo, buyum va asbob-uskunalar importi oʻrnini bosuvchi, jahon bozor talablariga javob beruvchi eksport maxsulotlarini ishlab chiqarishga qaratilgan fundamental va amaliy izlanishlar olib boriladi.
Institut muntazam ravishda yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalar muammolariga bagʻishlangan xalqaro anjumanlar oʻtkazib keladi.
Joriy yil 24-27-sentyabr kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti tomonidan tashkil etilgan Yadro fizikasi institutining VVR-SM rusumidagi tadqiqot reaktorining 60-yilligiga bagʻishlangan “Yadro fizikasi va yadroviy texnologiyalarning hozirgi zamon muammolari” (“Modern Problems of Nuclear Physics and Nuclear Technologies”) mavzusida anʼanaviy 9-Xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.
Bugungi kun fanida elementar zarralar va atom yadrosi fizikasi, yadroviy texnologiyalar va yadroviy energetika, kondensirlagan holat fizikasi ilmiy yoʻnalishlarida erishilgan natijalar va ularning istiqbollari hamda yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik masalalarini muhokama qilish va bu masalalar atrofida dunyo olimlari hamjixatligini kuchaytirish konferensiyaning asosiy maqsadi hisoblanadi.
4 kun davom etgan konferensiya ishida elementar zarralar va atom yadrosi fizikasi, yadroviy texnologiyalar va yadroviy energetika, kondensirlangan materiallar radiatsion fizikasi, yadroviy va radiatsiyaviy xavfsizlik kabi masalalar muhokama qilindi.
Ushbu xalqaro konferensiyada dunyoning 18 mamlakatidan, xususan, Turkiya, Avstriya, Koreya, Avstraliya, Italiya, Belgiya, Indiya, Gonkong, Germaniya va Buyuk Britaniya, MDH davlatlari - Rossiya, Belorussiya, Ukraina, Qozogʻiston va Ozarbayjondan 180 nafarga yaqin olimlar ishtirok etdi.
Boʻlib oʻtgan konferensiyaning oʻziga xosligi shundaki, konferensiyada 2 ta yirik mavzu, yadroviy energetika va yadroviy tibbiyot mavzusiga, alohida eʼtibor qaratildi. Ushbu mavzular zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirish nuqtayi nazaridan Oʻzbekistonning yaqin kelajagi uchun oʻta muhim hisoblanadi.
OʻzR FA Axborot xizmati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Saida Mirziyoyeva Bryusselda Yevropa Ittifoqi komissari bilan uchrashdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring