Oʻzbek filmlarini Oskar mukofotiga taqdim etish imkoniyati paydo boʻldi
Sayyoramizning eng yirik va eng muhim mukofoti hisoblangan Oskarga endilikda Oʻzbekiston filmlarini taqdim qilish imkoniyati paydo boʻldi.
Shu maqsadda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tashkil qilinib, AQSH kinoakademiyasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazildi.
Shu yilning 1-oktyabr kuni Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi tomonidan 2020-yilning 9-fevral kuni Los-Anjeles shahrining mashhur “Dolby” teatrida boʻlib oʻtadigan 92-Oskar taqdirlash marosimining “Eng yaxshi xalqaro badiiy film” nominatsiyasiga Oʻzbekiston nomidan film ilgari suriladi.
Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasining aʼzolari tarkibi va filmlarni saralab olish nizomi bilan tanishtirish maqsadida milliy qoʻmitaning koordinatsion muassisi Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi yaqin kunlarda Oʻzbekiston Oskar qoʻmitasi taqdimoti hamda matbuot anjumani oʻtkazishni rejalashtirgan.
Dunyoning 90ga yaqin mamlakatida ochilgani singari Oʻzbekistonda ham Oskar qoʻmitasini tashkil qilish boʻyicha kelishuvlarga yosh kinoijodkorlarning Kann kinofestivali doirasidagi Oʻzbekiston milliy pavilyonida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar davomida erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring