Shavkat Mirziyoyev Buxoroga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahriga joʻnab ketdi.
Ertaga, 11-aprel kuni Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif doirasida Buxoroda oliy darajadagi muzokaralar boʻlib oʻtadi. Unda Oʻzbekiston – Qozogʻiston doʻstlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi. Siyosiy muloqotni, parlamentlararo, hukumatlararo va hududlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratiladi.
Shuningdek, yetakchilar tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, transport, energetika, suv va ekologiya sohalarida qoʻshma loyiha va dasturlarni ilgari surish hamda madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish masalalarini muhokama qiladilar.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.
Birgalikda tarixiy obidalarni ziyorat qilish, sanoat korxonalari faoliyati va mahsulotlar koʻrgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Bugun esa davlatimiz rahbari Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli loyihalar bilan tanishadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring