“Bu yaqin orada sodir boʻladi deb oʻylamayman”. Ryutte Ukrainaning NATOga aʼzo boʻlishi haqida gapirdi

15:21 10 Aprel 2026 Dunyo
234 0

NATO bosh kotibi Mark Ryutte Ukrainaning alyansga aʼzoligi masalasi yaqin istiqbolda hal etilishi mumkin deb hisoblamaydi. Uning soʻzlaridan Clash Report iqtibos keltirmoqda.

“Siyosiy jihatdan bu yaqin orada sodir boʻladi deb oʻylamayman — bu mening xolis bahoim”, — deb qayd etdi u.

Ryuttening soʻzlariga koʻra, ayrim davlatlar, jumladan Germaniya, Slovakiya, Vengriya va AQSH Ukrainaning NATOga qabul qilinishiga qarshi chiqmoqda.

“Menimcha, hozirda bu masala muhokama qilinayotgani yoʻq”, — deya qoʻshimcha qildi bosh kotib.

Mark Ryuttening taʼkidlashicha, ittifoqchilar NATO chuqur oʻzgarishlar davrini boshdan kechirayotganini tan olmoqdalar.

“Yevropa oʻz mudofaasini taʼminlash borasida tobora kattaroq va adolatliroq masʼuliyatni oʻz zimmasiga olmoqda va bu yoʻldan ortga qaytish yoʻq va boʻlmasligi ham kerak. Bu nosogʻlom oʻzaro bogʻliqlikdan haqiqiy sheriklikka asoslangan Transatlantik alyansga oʻtish demakdir”, — deb taʼkidladi u.

Shuningdek, u AQSH Prezidenti Donald Trampning ittifoqchilarga nisbatan bildirgan tanqidlari haqida ham toʻxtalib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?