Soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi belgilandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, shuningdek, baʼzilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, Hukumatning 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilar faoliyatida amalga oshiriladigan soliq nazorati tadbirini videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlangan.
Mazkur nizomga koʻra, nazorat tadbirlari soliq organi rahbari yoki rahbar oʻrinbosarining soliq tekshiruvini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi asosida videotasvirga olinadi.
Soliq organi tomonidan oʻtkaziladigan nazorat tadbirlarida quyidagilar videotasvirga olinishi belgilangan:
- soliq solish obyektlarini hisobga olish;
- xronometrajni koʻzdan kechirish;
- soliq toʻlovchi ishchi va xodimlarining haqiqiy soni hamda soliq hisobotidagi aks ettirilgan ishchi va xodimlar soniga muvofiqligini tekshirish;
- nazorat kassa texnikasi va hisob-kitob terminallarini qoʻllash;
- savdo va xizmat koʻrsatish qoidalariga rioya etilishi va boshqalar.
Shuningdek, nazorat tadbiri soliq toʻlovchilarning qonuniy faoliyatini toʻxtatib qoʻymaydigan va faoliyat koʻrsatishiga ziyon yetkazmaydigan tarzda videotasvirga olinishi lozim boʻladi.
Bundan tashqari, nazorat tadbiri natijasi boʻyicha tuzilgan dalolatnomada tadbir jarayonini videotasvirga olish moslamasi (qurilmaning rusumi va seriya raqami), videotasvirga olingan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring