Tadbirkorlarga mol va qoʻy goʻshtini import qilishda subsidiya ajratiladi
Illyustrativ foto
Joriy yilning 7-aprel kuni Prezidentning “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–130-son qarori qabul qilindi.
Qarorga koʻra, goʻsht mahsulotlari narxlari barqarorligini taʼminlashga qaratilgan quyidagi yoʻnalishlarda Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi:
• 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 1-avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qoʻy goʻshtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm goʻsht uchun 0,8 AQSH dollaridan oshmagan miqdorda;
• 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 31-dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 mln soʻmdan oshmagan miqdorda.
Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada toʻlovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- “Soxta tetiklikning haqiqiy halokati”: energetik ichimliklarning sekin, ammo muqarrar yiqitish jarayoni haqida
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring