26 ta federatsiyadagi bosh kotib va boshqaruv kadrlarining lavozimiga loyiqligi oʻrganiladi

17:49 07 Aprel 2026 Siyosat
245 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezidentimiz raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida sport federatsiyalarda hamkor va mablagʻ topish, tadbirkorlarni jalb qilish boʻyicha tashabbus yoʻqligi qayd etildi.

Mamlakatimizda salohiyati katta tadbirkorlar yildan yilga ortib bormoqda, ular orasida sportga qiziqadigan, homiylik qilishga tayyor turganlari ancha.

Lekin birorta federatsiya tadbirkorlar bilan oʻzaro manfaatli hamkorlik boʻyicha taklif kiritmagani koʻrsatib oʻtildi.

Mutasaddilarga 26 ta federatsiyadagi bosh kotib va boshqaruv kadrlarining faoliyatini oʻrganib, lavozimiga loyiq boʻlmaganlarini almashtirish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?