Toshkentda avtobusda yongʻin chiqdi

19:32 06 Aprel 2026 Jamiyat
383 0

Ijtimoiy tarmoqlarda avtobusda yongʻin sodir boʻlgani toʻgʻrisida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi maʼlumot berdi.

Unda aytilishicha, mazkur holat bugun, 6-aprel kuni soat 18:45 da Toshkent shahar Sergeli tumani Yangi Sergeli koʻchasida sodir boʻlgan.

Poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasiga avtobus yonayotgani toʻgʻrisida murojaat kelib tushgan. Qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 18:51 da yetib borib, yongʻin soat 18:55 da oʻchirilgan.

Boshqarma bergan maʼlumotlarga koʻra, yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar aniqlanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?