“Beshqoʻrgʻon” bozoridagi yongʻin oʻchirildi
Foto: FVV
Avvalroq Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Beshqoʻrgʻon” bozorida yirik yongʻin sodir boʻlayotgani haqida xabar berilgan edi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yongʻin oʻchirilganini maʼlum qildi.
Bildirilishicha, bugun, 5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta halqa avtomobil yoʻli koʻchasida joylashgan “Beshqoʻrgʻon” bozorida doʻkon yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Xabarga koʻra, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib yongʻinni bartaraf etishga kirishgan. Soat 16:53 da alangani qurshab olingan va 18:18 da u toʻliq oʻchirilgan.

Qayd etilishicha, yongʻin oqibatida tan-jarohati olganlar toʻgʻrisida xabar kelib tushmagan. Yongʻin joyiga Favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Azizbek Ikramov ham yetib borib tegishli koʻrsatmalarni berib borgan.
Vaziyat Toshkent shahar FVBB tomonidan toʻliq nazoratga olingan. Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring