O‘zbekiston Respublikasi geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni
Mamlakatimiz geologiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, qazilma boyliklar geologiyasi, tadqiqot va qidiruv tarmog‘ini rivojlantirish, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan mineral resurslarni aniqlash, yangi konlar va xomashyo zaxiralarini zamonaviy texnologiyalar asosida o‘zlashtirish borasidagi katta xizmatlari, yuksak malakali kadrlarni tayyorlash, ularning salohiyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan ulkan hissasi uchun quyidagilar mukofotlansin:
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan
Muminov Tolibjon Xoliyorovich - «Navoiyuran» davlat korxonasining «Zirabuloq» geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi bosh geologi
Ergashev Elmurod Xasanovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining o‘rinbosari – bosh geologi
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan
Nuraliyev Raxmonali Azimovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Toshkent markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi burg‘ilash uchastkasi burg‘ilovchisi
Yallakabilov Gulom - «O‘zbekgidrogeologiya» davlat muassasasining Markaziy O‘zbekiston dala gidrogeologiya ekspeditsiyasi yetakchi gidrogeologi
«Do‘stlik» ordeni bilan
Bogdanov Aleksandr Nikolayevich - Neft va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi institutining neft va gaz konlari geologiyasi hamda istiqbolli obyektlarni baholash laboratoriyasi boshlig‘i
Shukurov Nosir Egamovich - H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika institutining geokimyo laboratoriyasi boshlig‘i
«Shuhrat» medali bilan
Aripov Shaxobiddin Paxritdinovich - O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi eksperti
Jo‘rayev Sherali Izatilloyevich - «Navoiyuran» davlat korxonasining geologiya va qidiruv bo‘yicha direktori
Zairov Ilxom Matazimovich - «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining «Avtomobil va texnologik transporti» filiali og‘ir yuk mashinasi haydovchisi
Sayitov Hamza Qahharovich - «O‘zbek geologiya qidiruv» aksiyadorlik jamiyatining Samarqand markaziy geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi buldozer mashinisti
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring