Samarqanddagi “zapravka”da favqulodda hodisa yuz berdi
Foto: Samarqand FVB
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumanida gaz tashuvchi avtomobildan gaz sizib chiqishi qayd etildi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 3-aprel kuni soat 13:45 da Pastdargʻom tumani “Oq oltin” MFY hududida joylashgan avtomobillarga suyultirilgan gaz quyish shoxobchasida MAN rusumli gaz tashuvchi avtomobildan sigʻimga gaz toʻkish vaqtida texnologik jarayon buzilishi natijasida gaz sizib chiqish holati yuzaga kelgan.
Voqea joyiga qutqaruv boʻlinmalari soat 14:02 da yetib borib, soat 15:03 da gaz sizib chiqishi toʻxtatilgan va hodisa bartaraf etilgan.
Qayd etilishicha, qutqaruvchilarning professional harakatlari va oʻz vaqtida koʻrilgan choralar natijasida chaqnash va yongʻin sodir boʻlmagan. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoʻq.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring