Respublikaning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

15:16 02 Aprel 2026 Jamiyat
155 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

Oʻzbekistonda 4−8-aprel kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning 6 ta hududida qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi. Bu haqda “Oʻzgidromet” agentligi xabar berdi.

Unga koʻra togʻli hududlar va dengiz sathidan 2000 m balandlikda:

• Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz tumanlarida;

• Surxondaryo viloyati: Boysun, Sariosiyo, Uzun tumanlarida;

• Samarqand viloyati: Samarqand, Urgut tumanlarida;

• Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlarida;

• Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);

• Namangan viloyati: Pop tumanida qor koʻchish xavfi eʼlon qilinadi.

Togʻli hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrishlari soʻralgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?