Toshkentda mast haydovchi IIO xodimiga musht tushirdi
Videodan kadr
Toshkent shahrida mast holda avtomobil boshqarib, yoʻl-transport hodisasi sodir etgan shaxs IIO xodimiga musht tushirdi. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati axborot xizmati rahbari Zoyir Yoʻldoshov mazkur holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumanida “Malibu” va “Leapmotor” rusumli avtomobillar ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan. Shundan soʻng haydovchilar oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgan va “Leapmotor” haydovchisi 102 raqamiga murojaat qilib, davlat raqam belgisisiz harakatlangan “Malibu” haydovchisi avariya sodir etib, unga nisbatan qoʻpol muomalada boʻlayotganini maʼlum qilgan.
Hodisa joyiga yetib kelgan YPX xodimlari “Malibu” haydovchisini alkotester orqali tekshiruvdan oʻtkazmoqchi boʻlgan. Biroq haydovchi qonuniy talablarga boʻysunmasdan, xodimlarga faol qarshilik koʻrsatib, hatto ulardan birining yuziga musht tushirgan.
Shundan soʻng xodimlar oʻzlari va atrofdagilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida maxsus vositalarni qoʻllagan holda qonunbuzar fuqaroni zararsizlantirgan.
Hozirda ushbu shaxs protsessual tartibda ushlangan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi hamda 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring