“Imperiyalar mana shunday qulaydi” — AQSH Trampning murojaatidan keyin eng yomoniga tayyorgarlik koʻrishga chaqirildi
Illyustrativ foto
AQSH armiyasining isteʼfodagi podpolkovnigi Deniyel Devis “X” ijtimoiy tarmogʻida AQSH prezidenti Donald Tramp yaqinda boʻlib oʻtadigan oʻz xalqiga murojaatida Eronga qarshi quruqlikdagi operatsiya haqida eʼlon qilishi mumkinligini yozdi.
Devis Tramp yaqinda ikki-uch hafta ichida urush tugashini eʼlon qilganini esladi, bu esa ekspertning Oq uy rahbarining 2-aprel kuni rejalashtirilgan xalqqa murojaatida “bunday boʻlmaydi” deb taxmin qilishiga olib keldi.
“Savol tugʻiladi: u biron bir quruqlikdagi operatsiya haqida eʼlon qilmaydimi?” — deya yozgan isteʼfodagi harbiy ofitser.
Devis oʻz postida AQSH rahbarining qarama-qarshi bayonotlariga eʼtibor qaqratgan. Uning soʻzlariga koʻra, ham ittifoqchilar, ham dushmanlar oʻz taxminlariga asoslanib “taxmin qilish va harakat qilish”ga majbur boʻlmoqdalar, bu Devisning soʻzlariga koʻra, AQSH uchun “yomon yakunlanishi” mumkin.
“Imperiyalar mana shunday qulaydi, hech kim susayib borayotgan kuch nima qilayotganini bilmasa”, — deya qoʻshimcha qiladi podpolkovnik.
Shu yilning 30-mart kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt AQSH yetakchisi 6-aprelga qadar Eron bilan kelishuv tuzishni xohlayotganini maʼlum qildi. Bir necha kun oldin, “The Washington Post” oʻz manbalariga tayanib, AQSH Eronda bir necha haftadan bir necha oygacha davom etishi mumkin boʻlgan yer usti operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida xabar bergan edi.
Joriy yilning 28-fevral kuni AQSH Isroil bilan birgalikda Eronga qarshi harbiy operatsiya boshladi. Bunga javoban Tehron Isroilga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSH bazalariga raketa va dron hujumlarini uyushtirdi.
Avvalroq, AQSH Eronga qarshi operatsiyani “keraksiz urush” deb atagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring