Jarimani endi avtomobil egasi emas, uni boshqargan haydovchi toʻlaydi
Illyustrativ foto
Hukumatning 2026-yil 30-martdagi 125-son qarori bilan Transport vositalarini boshqarish huquqini olgan shaxslarga yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish tartibi belgilandi.
Qarorga koʻra, 2026-yil 1-apreldan tegishli transportni fuqarolik-huquqiy munosabatlar asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish huquqini olgan shaxslarga yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik oʻtkazilgani haqida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati organlarini xabardor qilish imkoniyati yaratiladi.
Qaror bilan tasdiqlangan nizomga koʻra, xabardor qilish YAIDXP (my.gov.uz) yoki Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmatining mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi.
Xabardor qilish xizmatidan foydalanish uchun transport egasi YAIDXP yoki mobil ilovada shaxsiy kabinet ochgan holda soʻrovnoma toʻldiradi va unda boshqarish huquqini berish muddatini koʻrsatib oʻtadi.
Boshqarish huquqini olgan shaxs soʻrovnomani tasdiqlash orqali kelgusida unga nisbatan jarima solish toʻgʻrisida qaror rasmiylashtirilib borilishiga roziligini elektron raqamli imzo yoki “Mobile-ID” yoxud “Face-ID” orqali tasdiqlaydi.
Xabardor qilish xizmati uchun BHMning 10 foizi miqdorida yigʻim undiriladi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, avtomototransport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi guvohnoma 5-yil muddatga rasmiylashtirilishi belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring