Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya bogʻida koʻchatlar ekilishini boshlab berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbiri oʻtkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bogʻi tashkil qilinmoqda.
Bu yerdagi “Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan “in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor oʻsimliklar hamda Urugʻchilik va seleksiya markazlari ham shu yilning oʻzida ishga tushiriladi.
Prezidentimiz tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oʻrmonlar boʻyicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julyet Biao, xorijiy davlatlarning Oʻzbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.
Shundan soʻng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bogʻining ilk 5 gektarida manzarali koʻchatlar ekishga kirishdi.
Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup koʻchat oʻtqazadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring