Isroil 24 soat ichida Janubiy Livandagi 32 ta shahar va qishloqqa hujum qildi
Foto: AP
Seshanba kuni Isroil harbiy samolyotlari Janubiy Livandagi 32 ta shahar va qishloqqa hujum qilgan. Bu haqda Livan harbiy manbasi xabar berdi.
“Soʻnggi 24 soat ichida Janubiy Livandagi 32 ta shahar va qishloq dushman havo hujumlariga uchradi”, — deyiladi manbada.
Agentlik manbasining soʻzlariga koʻra, Bayrutning janubiy chekkasi va mamlakat sharqidagi uchta shahar va qishloq ham uch marta hujumga uchragan.
Bundan tashqari, Isroil Livanning turli qismlarida 14-marta hujumkor dronlardan foydalangan.
Isroil va “Hizbulloh” oʻrtasidagi keskinlashuv 2026-yil 2-mart kechasi, mintaqaviy vaziyat keskin yomonlashgan bir paytda Livan harakati Isroil hududiga raketa hujumlarini qayta boshlaganidan keyin boshlandi. Bunga javoban Isroil Livanga, jumladan, mamlakatning janubiy hududlariga, Bekaa vodiysiga va Bayrut chekkalariga keng koʻlamli hujumlar uyushtirdi. 16-mart kuni Isroil armiyasi Livan janubida quruqlikdagi operatsiya boshlanganini rasman eʼlon qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring