Oʻtgan yilda Oʻzbekistonga mingdan ortiq xorijliklar doimiy yashash uchun koʻchib keldi
2025-yil davomida Oʻzbekistonga xorijiy davlatlardan 1 159 kishi doimiy yashash maqsadida koʻchib kelgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Doimiy yashash uchun koʻchib kelgan xorijliklarning 39,9 foizini rossiyaliklar tashkil qilgan. Shuningdek, Qozogʻistondan koʻchib kelganlar ulushi 20,3 foiz, Tojikiston 10,3 foiz, Qirgʻiz Respublikasi 4,3 foiz, Turkmaniston 3,1 foiz hamda boshqa davlatlar 22,1 foiz ulushga ega.
Mamlakatimizga koʻchib kelganlarning hududlar kesimidagi soni boʻyicha, Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda. Poytaxtga yil davomida 698 nafar xorijliklar doimiy yashash uchun kelgan. Bundan tashqari, Toshkent viloyatiga 275 nafar, Qoraqalpogʻiston Respublikasiga 101 nafar, Sirdaryoga 24 nafar, Fargʻonaga 14 nafar, Jizzaxga 12 nafar, Navoiyga 12 nafar, Buxoroga 11 nafar, Xorazmga 7 nafar, Qashqadaryoga 2 nafar, Samarqandga 2 nafar hamda Namanganga 1 nafar xorijlik doimiy yashash uchun koʻchib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring