Jizzaxda fuqaroni Koreyaga yuborish evaziga 65 mln soʻm olgan shaxs ushlandi

15:50 30 Mart 2026 Jamiyat
214 0

Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida fuqaroni Janubiy Koreyaga ishga yuborishi evaziga 65 mln soʻmini qoʻlga kiritgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, departamentning Zarbdor tumani boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Sh.R. fuqaro E.M. ning ishonchiga kirib, uning oʻgʻlini Koreya davlatiga ishlashga yuborishni vaʼda qilib, evaziga 65 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?