Hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishi aytildi

11:31 30 Mart 2026 Jamiyat
300 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” 30-31-mart va 1-3-aprel kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.

Unga koʻra, bugun kunduzi Oʻzbekistonning shimoli-gʻarbiy hududlarida va kunning ikkinchi yarmida markaziy va janubiy viloyatlar boʻyicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Fargʻona vodiysi viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 20-25 daraja iliq boʻladi.

31-mart va 1-aprel kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Kunduzgi havo harorati 27-30 daraja iliq atrofida boʻladi.

2-aprelda shimoli-gʻarbiy hududlarda, choʻl zonasida va janubiy viloyatlarda, 3-aprelda esa respublikaning koʻpchilik viloyatlarida baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomgʻirlar yogʻishi kutilmoqda. Harorat 24-27 darajagacha, janubda 20-22 darajagacha pasayadi. Shamol 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, janubda va choʻl hududlarda 14 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Togʻ oldi va togʻli hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda: bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 22-24 daraja iliq boʻladi. 31-mart va 1-2-aprel kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 27-29 daraja iliq boʻladi.

3-aprelda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduzgi harorat 24-27 daraja iliq boʻladi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?