Oʻzbekistonliklar yanvar oyida avtomobil va ularning ehtiyot qismlari uchun 7,6 trln soʻm sarfladi

13:39 29 Mart 2026 Iqtisodiyot
317 0

2026-yilning yanvar oyida avtotransport vositalari va ularning ehtiyot qismlari ulgurji va chakana savdo hajmi qariyb 7,6 trln soʻmni tashkil etgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Ushbu koʻrsatkich yillar kesimida taqsimlanganda 2023-yil 3,9 trln soʻm, 2024-yil 7,1 trln soʻm hamda 2025-yil 5,7 trln soʻmni tashkil qilgan.

Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 1,8 trln soʻmga yoki 31,9 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?