Eron Hoʻrmuz boʻgʻozini toʻliq yopib qoʻyish bilan tahdid qildi

18:15 28 Mart 2026 Dunyo
586 0

Hoʻrmuz boʻgʻozidagi har uchala harbiy harakatlar uning noaniq muddatga toʻliq yopilishiga olib keladi. Bu haqda Tasnim agentligi Eron xavfsizlik kuchlaridagi yuqori martabali manbasiga tayanib xabar bermoqda.

— Raqibning Hoʻrmuz boʻgʻozi akvatoriyasidagi har qanday harbiy operatsiyasi uning noaniq muddatga toʻliq blokada qilinishiga sabab boʻladi. Agar AQSH Eronga qarshi quruqlikdagi hujum operatsiyasini boshlashga qaror qilsa, Tehron xavfni bartaraf etish uchun toʻliq simmetrik javob berishga haqli boʻladi, — deb taʼkidladi manba.

Ushbu ogohlantirish Pentagonning Yaqin Sharqqa yana 10 mingga yaqin askar yuborish rejalari haqidagi maʼlumotlar fonida yangradi. Eslatib oʻtamiz, mintaqaga allaqachon 5 ming nafar dengiz piyodalari va bir necha ming desantchilar yoʻnaltirilgan.

Xorijiy OAVlarning qayd etishicha, Vashington yaqin istiqbolda Eronda quruqlikdagi operatsiya oʻtkazishni rejalashtirmagan, biroq Amerika yetakchisi Donald Tramp oʻz fikrini oʻzgartirishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?