AQSH yaqin kelajakda Eronga bostirib kirishni boshlashi mumkin — AQSHlik kongressmenlar
Foto: U.S. Air Force / Roland Balik
AQSH havo kuchlari samolyoti Eronga bostirib kirishga tayyorgarlik koʻrayotganini koʻrsatuvchi manevrlar oʻtkazdi.
RIA Novosti parvoz maʼlumotlarini koʻrib chiqqandan soʻng, AQSH havo kuchlarining “C-17A Globemaster III” samolyoti BAA ustidan manevrlar oʻtkazganini aniqladi, bu Eronda yer usti operatsiyasiga tayyorgarlik koʻrayotganini koʻrsatadi.
“The Wall Street Journal” jurnalisti Aleks Uord payshanba kuni bir nechta kongressmenlariga tayanib AQSH yaqin kelajakda Eronga bostirib kirishni boshlashi mumkinligi xabar bergandi.
Uzoq muddatli operatsiyalar uchun shaxsiy tarkib va oʻq-dorilarni tashishga qodir harbiy samolyot Moskva vaqti bilan taxminan soat 9:45 da BAA havo hududiga kirdi. Abu-Dabi amirligidagi Assad neft va gaz koniga yetib borgach, u pastga tushdi va yuklarini tushirish uchun keskin burchak ostida ucha boshlagan. Keyin, Moskva vaqti bilan taxminan soat 10:20 da samolyot Saudiya Arabistoni bilan chegara orqali mamlakat havo hududini tark etdi. Uning joʻnash nuqtasi va manzili nomaʼlum.
CNN avvalroq xabar berganidek, Tehron AQSH hujumi boʻlgan taqdirda Xarg orolining mudofaasini kuchaytirmoqda. Eron neft eksportining 90 foizigacha u orqali oʻtadi. Manbaga koʻra, uni egallab olishning maqsadi Tehronni muhim iqtisodiy resursdan mahrum qilish va Vashingtonning muzokaralar pozitsiyasini mustahkamlashdir. “Fox News” jurnalisti Jennifer Griffin ilgari AQSH armiyasining 82-havo-desant diviziyasi qoʻmondonlik shtabi Yaqin Sharqqa joylashtirish buyrugʻini olganini daʼvo qilgan edi. Biroq, “The Wall Street Journal” nashri Oq uy hali qoʻshin yuborish boʻyicha qaror qabul qilmaganini xabar qildi.
AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi 28-fevraldan beri davom etmoqda. Oʻshandan beri ikki tomon bir-biriga zarba berib kelmoqda. Mojaroning kuchayishi Fors koʻrfazi mamlakatlaridan neft va suyultirilgan gaz yetkazib berishning asosiy yoʻnalishi boʻlgan Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali yuk tashishning deyarli toʻliq toʻxtatilishiga olib keldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring