Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga maktub yoʻlladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Donald Trampdan maktub keldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Qayd etilishicha, AQSH yetakchisi oʻz maktubida davlatimiz rahbarining joriy yil fevral oyida boʻlib oʻtgan Tinchlik kengashining ilk yigʻilishidagi ishtirokini yuksak baholagan.
Shuningdek, Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekistonda ulkan natijalarga erishayotgani taʼkidlanib, mamlakatimizga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirilgan.
Oʻz navbatida, Prezident Donald Tramp davlatimiz rahbarini Tinchlik kengashining navbatdagi yigʻilishiga hamda Mayamida oʻtadigan G20 sammitiga taklif etgan.
“Yaratgan Sizni va Oʻzbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin”, deyiladi maktubda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring