Buyuk Britaniya deyarli barcha turdagi kirish vizalari narxini oshiradi

09:29 26 Mart 2026 Dunyo
277 0

8-apreldan boshlab Buyuk Britaniyaga kirish vizalarining deyarli barcha turlari, jumladan, sayyohlik vizalarini rasmiylashtirish narxi koʻtariladi. Bu haqda Britaniya Tashqi ishlar vazirligiga tayanib “Interfaks” xabar bermoqda.

Olti oygacha boʻlgan muddatga beriladigan qisqa muddatli sayyohlik vizasi, hozirda 127 funt sterling tursa, endilikda 135 funtgacha qimmatlashadi.

Ikki yilgacha boʻlgan muddatga mehmon vizasi narxi 475 funtdan 506 funtgacha oshadi. Besh yilgacha boʻlgan mehmon vizasi esa 848 funtdan 903 funtgacha koʻtariladi.

Eng sezilarli darajada 10-yilgacha boʻlgan mehmon vizasi qimmatlashadi — 1 059 funtdan 1 128 funtgacha.

Talabalik vizasining narxi 559 funtgacha koʻtariladi. Xususiy tibbiy davolanish uchun viza 234 funt turadi. Buyuk Britaniyaga vizasiz kirish huquqiga ega boʻlgan davlatlar fuqarolari uchun elektron kirish ruxsatnomasi 20 funt boʻladi. Aeroportlar uchun tranzit vizasi esa — 74,5 funt qilib belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?