Neft-gaz tarmogʻidagi ishlar koʻrib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga neft-gaz tarmogʻida qazib chiqarish hajmini barqarorlashtirish va yangi zaxiralarni oʻzlashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ijrosi yuzasidan hisobot berildi.
“Oʻzbekneftgaz” tizimida tabiiy gaz qazib chiqarish dinamikasi, mavjud pasayish omillari hamda ularni qoplash boʻyicha koʻrilayotgan choralar haqida axborot berildi. Joriy yilning birinchi choragida yangi quduqlarni ishga tushirish, mavjudlarini taʼmirlash va texnologik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga qoʻshimcha hajmlar taʼminlangani, yil davomida esa bu boradagi ishlar yanada kengaytirilishi rejalashtirilgani qayd etildi.
Quduqlar samaradorligini oshirish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Hozirda yangi 2D va 3D seysmik tadqiqotlar uchun istiqbolli maydonlar aniqlanmoqda. Burgʻilash va dala ishlari ustidan xalqaro standartlar asosida nazoratni kuchaytirish maqsadida supervayzing tizimini yoʻlga qoʻyish, geologik-gidrodinamik modellashtirish va qazib chiqarish dasturlarini yanada puxta shakllantirish boʻyicha choralar belgilangan.
Konlarda gaz qazib olish koeffitsiyentini oshirish, qiyin oʻzlashtiriladigan zaxiralarga yangi yondashuvlarni tatbiq etish, 2026-2027-yillarga moʻljallangan dasturlarning iqtisodiy samaradorligini baholash masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Bu borada xalqaro kompaniyalar bilan hamkorlikda tegishli ishlar olib borilayotgani qayd etildi.
Davlatimiz rahbari tarmoqda ishlab chiqarish barqarorligini taʼminlash, mavjud quvvatlardan samarali foydalanish, geologiya-qidiruv va burgʻilash ishlarini tizimli tashkil etish, shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan amaliy natija beradigan sheriklikni kengaytirish muhimligini taʼkidladi.
Mutasaddilarga belgilangan rejalar ijrosini qattiq nazoratga olish va har bir yoʻnalish boʻyicha aniq natijadorlikni taʼminlash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring