24-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi aytildi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” 24-mart kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° iliq, kunduzi 22-27° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 23-28° iliq boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 23-28° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi
10-15° iliq boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring