Oʻzbekistonga ikki oyda 1,7 mlndan ortiq sayyoh keldi
2026-yilning yanvar fevral oylarida 156 ta mamlakatdan jami 1 776 336 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Tashrif buyuruvchilar soni boʻyicha eng yetakchi koʻrsatkich Qirgʻiz Respublikasida kuzatilib, joriy yilning dastlabki ikki oyi davomida ushbu mamlakatdan 521 138 nafar sayyoh mamlakatimizga tashrif buyurgan. Undan keyingi oʻrinda 469 060 nafar turist bilan Tojikiston ikkinchi, 386 284 nafar tashrif buyuruvchi bilan Qozogʻiston kuchli uchlikda qayd etilgan
Shuningdek, yanvar fevral oylarida Rossiyadan 123 310 nafar, Afgʻonistondan 83 613 nafar, Turkmanistondan 51 206 nafar, Xitoydan 49 080 nafar, Turkiyadan 24 212 nafar, Hindistondan 9 438 nafar hamda Koreya Respublikasidan 5 398 nafar sayyoh Oʻzbekistonga kelgan.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 441 ming nafarga yoki 33 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring