Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga italiyalik yana 2 ta mutaxassis jalb etildi

10:53 23 Mart 2026 Sport
449 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasiga yana 2 nafar italiyalik mutaxassis jalb etildi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.

“Jahon chempionatiga tayyorgarlik olib borayotgan jamoamizning tibbiy shtabiga bir qator tajribali mutaxassislar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

Xususan, uzoq yillar davomida Italiya milliy terma jamoasi shifokori sifatida faoliyat yuritgan, sport tibbiyoti va ortopediya sohasida katta tajribaga ega mutaxassis Enriko Kastellachchi milliy jamoa tibbiy shtabida ish boshlaydi. Kastellachchi Italiya futbol shifokorlari assotsiatsiyasi prezidenti hamda Italiya ortoped-travmatologlari milliy assotsiatsiyasi vitse-prezidenti sifatida ham faoliyat olib borgan.

Shuningdek, terma jamoa tibbiy shtabiga italiyalik fizioterapevt — Simone Sidjilyo ham jalb etildi. Ushbu mutaxassis faoliyati davomida “Palermo”, “Salernitana” va “Benevento” klublarida ishlagan", — deyiladi federatsiya xabarida.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi mart oyida “FIFA Series” musobaqasida ishtirok etadi. Yangi mutaxassislar ushbu musobaqa arafasida jamoaga kelib qoʻshilishadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?