Xorijda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha test sinovlari qachon oʻtkazilishi aytildi

16:47 21 Mart 2026 Jamiyat
401 0

2026-yilning II choragida xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha test sinovlarini oʻtkazish muddatlari maʼlum boʻldi. Bu haqida Bilimni baholash agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, test sinovlari 2026-yilning aprel iyun oylarida tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Jumladan, aprel oyida:

  • 2026-yil 2-aprel;
  • 2026-yil 16-aprel.

May oyida:

  • 2026-yil 7-may;
  • 2026-yil 21-may.

Iyun oyida:

  • 2026-yil 4-iyun;
  • 2026-yil 18-iyun.

Maʼlumot uchun, test sinovlarida ishtirok etadigan talabgorlar roʻyxati, test sinovi oʻtkaziladigan hududlar va test sinovlarini boshlanish vaqti haqidagi maʼlumotlar qoʻshimcha ravishda test sinovlari oʻtkazilishi belgilangan muddatdan kamida 3 kun oldin eʼlon qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?