AQSH va Isroil Natanz yadroviy inshootiga hujum qildi – Eron OAV

16:37 21 Mart 2026 Dunyo
418 0

Erondagi ommaviy axborot vositalari AQSH va Isroil Natanz yadroviy inshootiga hujum uyushtirgani toʻgʻrisida xabar tarqatdi.

Maʼlumot uchun, mazkur obyekt Eron yadroviy dasturining asosiy markazlaridan biri boʻlib, u yerda uranni boyitish ishlari amalga oshiriladi. Hozircha ushbu holat yuzasidan Vashington yoki Tel-Aviv tomonidan rasmiy izoh berilmagan.

Natanz inshooti Tehrondan taxminan 250 kilometr janubda, Isfahon viloyati hududida joylashgan boʻlib, u mamlakatdagi asosiy uranni boyitish maydoni hisoblanadi. Mazkur texnologiya atom elektr stansiyalari uchun yoqilgʻi ishlab chiqarishda ham, yadroviy qurol yaratishda ham qoʻllanilishi mumkin. Shu sababli inshoot avval ham bir necha bor hujumlar nishoniga aylangandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?