Germaniya kansleri Trampni vino festivaliga taklif qilmoqchi
Germaniya kansleri Fridrix Mers AQSH prezidenti Donald Trampni Bad-Dyurkxaym shahrida oʻtkaziladigan, dunyodagi eng yirik deb hisoblangan “Duerkheimer Wurstmarkt” vino festivaliga taklif qilish niyatini bildirdi.
Fridrix Mers yaqin kunlarda Tramp bilan mazkur taklifni muhokama qilishni rejalashtirayotganini maʼlum qilgan. Uning taʼkidlashicha, festival 11-sentyabr kuni boshlanadi, ammo bu sana AQSH prezidenti uchun noqulay boʻlishi mumkin. Shu sababli tashrif keyinroq amalga oshirilishi kutilmoqda.
Kansler avvalroq Vashingtonda boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida ham Trampni Reynland-Pfals hududiga taklif qilgan, biroq aniq sanalar belgilanmagan.
Shuningdek, Mers Tramp bilan munosabatlar ayni paytda maʼlum darajada tarang ekanini aytib, bunga Fors koʻrfazi atrofidagi vaziyat yuzasidan kelishmovchilik sabab boʻlganini qoʻshimcha qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring