Oʻzbek milliy doʻppisi Londonning diqqatga sazovor joylarida namoyish qilindi
Londonda vatandoshlar ishtirokida noodatiy ekskursiya tashkil etildi.
Unda vatandoshlar va xorijliklar London shahridagi Big-Ben, Trafalgar maydoni, Bukingem saroyi, Gayd-park kabi diqqatga sazovor joylarida oʻzbek milliy bosh kiyimi – doʻppini kiyib, sayr qilishdi.
Ekskursiya davomida ishtirokchilar va yoʻlovchilarga doʻppi tarixi, uning ramziy maʼnosi va oʻzbek madaniy merosidagi oʻrni haqida maʼlumot berildi. Mahalliy aholi va sayyohlar milliy atributga katta qiziqish bildirib, oʻzbek madaniyatining oʻziga xosligi va estetik ifodasini yuqori baholadi.
Bu orqali oʻzbek milliy madaniyatining oʻziga xos jihatlari va koʻp asrlik anʼanalariga eʼtibor qaratildi. Tadbir doirasida koʻplab mahalliy aholi va sayyohlarda oʻzbek milliy bosh kiyimi boʻlgan doʻppi katta taassurot qoldirdi.
Mazkur sayr Oʻzbekistonning milliy qadriyatlarini xalqaro maydonda keng targʻib qilish, madaniy muloqotni rivojlantirish hamda xalqlar oʻrtasidagi oʻzaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring